O‘quv seminarda tegishli vazirlik, idoralar vakillari, respublika sanoat korxonalari ekologlari ishtirok etishdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi hududiy boshqarmalarining atrof-muhit monitoringi, gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘limlari (ekologik tahlil laboratoriyalari) mutaxassislari ishtirok etdi.
Toshkent davlat transport universitetida «Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishga strategik yondashuv. Transport sektori» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarning ochilishida uning maqsad va vazifalari haqida Ekologiya vazirligi huzuridagi ITNM Axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Xaniya Asilbekova so‘z yuritdi. Undagi taqdimot zaharli moddalarning inson salomatligiga ta’sirini kamaytirishda xalqaro qonunchilikning roliga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi (ITNM) tomonidan sanoat sohasida kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminar-trening interaktiv shaklda bo‘lib o‘tdi. To‘rtta ishchi guruhi shaklantirildi: Qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalar, Sanoatda kimyoviy moddalar, Mahsulotlarda kimyoviy moddalar, Eko-yetakchilar va Kimyoviy xavfsizlik.