Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Barqaror rivojlanish xalqaro instituti bilan hamkorlikda “Atrof-muhit holati to'g'risidagi milliy ma'ruza: O'zbekiston” hisobotini tayyorladi. Oxirgi marta bunday hujjat 2013-yilda nashr etilgan.

Hujjatda O‘zbekistondagi atrof-muhit holatining qisqacha tavsifi, shuningdek, qisqa va o‘rta muddatli rivojlanishda keyingi harakatlarni belgilab olish uchun kerakli ma'lumotlar berilgan.