O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi ITNM qoshidai xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilarni boshqarish sohasidagi ekologik konvensiyalarni amalga oshirish bo‘yicha Axborot-resurs markazi (ARM) ixtiyoriy asosda faoliyat yuritadi.
Uning maqsadi xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilarni boshqarish sohasidagi ekologik konventsiyalarning global va milliy miqyosda amalga oshirilishi bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va keng jamoatchilikning xabardorligini oshirishdan iborat.
ARM ning foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqa qilish usullaridan biri bu ecochem.uz veb-saytidir. ARM xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilarni boshqarish sohasidagi ekologik konventsiyalar bo'yicha ma'lumotlarni to'playdi, taxlil qiladi va tarqatadi. Shuningdek, u respublikaning xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilarni boshqarish sohasidagi ekologik konventsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha salohiyatni mustaxkamlashga ko‘maklashadi.
ARM o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilarni boshqarish sohasidagi ekologik konvensiyalar bo‘yicha o‘zining axborot resurslari fondini shakllantiradi, uni kimyoviy moddalar va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha ilmiy, ma’lumotlar va ilmiy-ommabop adabiyot, hamda uni yetakchi respublika va xorijiy davlatlarning nashriyotlarida chop etilgan eng yangi kimyoviy, tibbiy, turdosh va boshqa adabiyotlar bilan to‘ldirib boradi,
Bu yerda ARM kimyoviy moddalar va chiqindilarga oid rus tilidagi nashrlarga havolani keltiradi. Materiallar doimiy ravishda yangilanadi.