Kimyoviy moddalar va chiqindilarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta'sirini minimallashtirish uchun ularni oqilona boshqarish global va milliy darajada muhim ahamiyatga ega. Xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilar bilan bog‘liq masalalar, jumladan kimyoviy moddalarning butun hayotiy sikli davomida yuzaga keladigan xavflarni minimallashtirish, aholining zaif qatlamlarini himoya qilish, ifloslanishning oldini olish va xavfli chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirishning ustuvor yo‘nalishlari xalqaro tashabbus - Xalqaro darajada kimyoviy moddalarni boshqarishga strategik yondashuv (SAIGM) tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Ta'kidlash joizki, SAIGM doirasida qo‘yilgan qator masalalar hech qanday kimyoviy konventsiyalarga kirmaydi.

O‘zbekistonda kimyo sanoatini isloh qilish, sanoat mahsulotlarining yangi turlarini diversifikatsiya qilish, o‘zlashtirish va boshqa o‘zgarishlar salomatlik va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan birga olib borilmoqda. Bugungi kunda ekologiya masalalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi /YuNEPning “Bazel, Rotterdam va Stokgolm konventsiyalari, Simob bo‘yicha Minamata konventsiyasi va kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishga strategik yondashuv”qo‘shma loyihasi doirasida SAIGM masalalari, shuningdek uni amalga oshirishning muhim mexanizmi – “TSirkulyar iqtisodiyot” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv seminarda tegishli vazirlik, idoralar vakillari, respublika sanoat korxonalari ekologlari ishtirok etishdi. Xalqaro ekspert, HEJSupport (Salomatlik va atrof-muhitga nisbatan adolatni qo‘llab-quvvatlash, Germaniya) xalqaro tashkiloti hamraisi Olьga Speranskaya SAIGM, aylanma iqtisodiyot kontseptsiyasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

O‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida o‘quv-seminar ishtirokchilari interaktiv tarzda aholi salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta'minlashda SAIGMning ahamiyati, O‘zbekistonda SAIGMni joriy etishning muammoli masalalari, sirkulyar iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, chiqindisiz texnologiyalarni yaratish vositalari, uning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bilan bog‘liqligini muhokama qildilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar SAIGMni amalga oshirishda manfaatdor tomonlar: sanoat sektori, qishloq xo‘jaligi, biznes tuzilmalari, jamoatchilik va boshqalar ishtirokini faollashtirish, shuningdek O‘zbekistonda sirkulyar (aylanma) iqtisodiyot tamoyillarni joriy qilish yuzasidan bir qator takliflar ishlab chiqdilar. Takliflarda ekotahlil laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha tegishli infratuzilmani yaratish, aholining kimyoviy moddalar hamda chiqindilar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xabardorligi va bilimini oshirish zarurligiga e'tibor qaratildi.