“Zero Waste” ijtimoiy harakat bo‘lib, uning asosiy maqsadi chiqindilar miqdorini imkon qadar kamaytirishdir.

Zero Waste falsafasi quyidagi besh tamoyilga (5R) asoslanadi:

  1. Refuse (rad etish)
  2. Reduce (kamaytirish)
  3. Reuse (qayta foydalanish)
  4. Recycle (qayta ishlash)
  5. Rot (kompost).

2022-yil 14-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi chiqindilarni boshqarish muhimligini rasman ilgari surdi va 2023-yildan e’tiboran har yili 30-martni – Xalqaro chiqindilarsiz dunyo kuni deb nishonlanishini e’lon qildi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, insoniyatning kundalik hayoti davomida yiliga 2,24 milliard tonna qattiq maishiy chiqindilar hosil bo’ladi, shundan atigа 55 foizi maxsus korxonalarda utilizatsiya qilinadi. Har yili taxminan 931 mln tonna oziq-ovqat mahsulotlari iste’molga yaroqsiz holatga keladi yoki tashlab yuboriladi, suv ekotizimlariga esa 14 million tonnagacha plastik chiqindilar tashlanadi.